AsosiyDunyo

Bollivudda “Forrest Gamp” qayta suratga olinadi

'Bollivudda “Forrest Gamp” qayta suratga olinadi 'ning rasmi

Bollivud mashhur Gollivud ramasi bo`lmish “Forrest Gapm” dramasining rimeykini suratga olishga tayyorgarlik ko`rmoqda, deb xabar qilmoqda The Hollywood Reporter nashri.

Bosh rolni hind superyulduzi Amir Xon ijro etadi. Suratga olish jarayonlari esa o`zining Aamir Khan Films studiyasida bo`lib o`tadi.

Amir Xonning so`nggi yirik byudjetli loyihalaridan biri Amerikaning “Karib dengizi qaroqchilari” franshizasining rimeyki bo`lmish “Hindiston qaroqchilari” deb ataladi.

Asl “Forrest Gamp”ni rejissyor Robert Zemekis suratga olgan. Film tomoshabinlarga 1994 yil iyun oyida namoyish etilgan. Bosh rollarni Tom Xenks, Selli Fild, Robin Rayt va boshqa aktyorlar ijro etishgan. Film tomoshabinlarda shunchalik katta taassurot qoldirganki, undagi ko`plab iqtiboslar folklorning bir qismiga aylangan. “Forrest Gamp” oltita “Oskar”ni qo`lga kiritgan.

    Boshqa yangiliklar