Shu kunlarda Walt Disney Picturesning “Olovuddin” nomli sarguzasht filmining treyleri namoyish etildi, deya ma`lum qilmoqda Kinonews.ru nashri.
Filmni britaniyalik Gay Richi suratga olgan. Oilaviy fentezining syujeti 1992 yilgi shu nomdagi multfilmga asoslangan.
To`liq metrajli filmda bosh rollarni Uill Smit, Billi Magnussen, Naomi Skott, Mena Massud, Marvan Kenzari, Nozim Pedrad, Navid Negaban ijro etishgan.
“Olovuddin” hozircha 2019 yilning eng intiqib kutilayotgan filmlar ro`yxatining sakkizinchi o`rnida turibdi.
Film may oyida katta ekranlarga chiqariladi.






