AsosiyDunyo

Amerikalik ayol 9 daqiqada 6 nafar chaqaloqni dunyoga keltirdi

'Amerikalik ayol 9 daqiqada 6 nafar chaqaloqni dunyoga keltirdi'ning rasmi

AQShning Texas shtatida yashovchi ayol 9 daqiqada 6 nafar chaqaloqni dunyoga keltirdi. Bu haqda ular tug`ilgan Texas ayollar klinikasining Facebook’dagi sahifasida ma`lum qilindi.

Ikki qiz va to`rt o`g`ilning vazni 800—1300 grammni tashkil etmoqda. Ularning onasi Telma Chiaka o`zini yaxshi his etmoqda.

U qizlari uchun ism tanlashga ham ulgurdi: Zina va Zuriel. O`g`illarga hali bu borada navbat kelmadi.

Texas tug`ruqxonasi xodimlari 6 nafar egizakning dunyoga kelish ehtimoli 4,7 milliardga birni tashkil etishini eslatib o`tdi.

    Boshqa yangiliklar