AsosiyDunyo

Qozog`iston Prezidenti mamlakat Bosh vazirini qabul qildi

'Qozog`iston Prezidenti mamlakat Bosh vazirini qabul qildi'ning rasmi

Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Kasim-Jomart Tokaev o`z vazifasiga kirishar ekan, mamlakat Bosh vaziri Askar Maminni qabul qildi.

Suhbat chog`ida Prezident Kasim-Jomart Tokaevga Bosh vazir Askar Mamin mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, so`nggi ikki oy mobaynida hukumat tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma`lumot berib o`tgan.

Ma`lumotda keltirilishicha, joriy yilning yanvar-fevral oylarida Qozog`istonda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi o`sish 2,7 foizni, qishloq xo`jaligi – 3,6 foizni, qurilishda – 2,0 foizni, xizmatlar ko`rsatish hajmi 3,9 foizni tashkil qilgan.

Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Kasim-Jomart Tokaev Bosh vazirga mamlakatda qabul qilingan Millat rejasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli va institusional islohotlarni sifatli davom ettirish, Qozog`istonning Birinchi Prezidenti topshiriqlari va ko`rsatmalarida bayon qilingan ijtimoiy sohadagi tadbirlarni, byudjet mablag`laridan samarali foydalanish bo`yicha barcha asosiy dasturlarni izchillik bilan ro`yobga chiqarish vazifasini topshirgan.

    Boshqa yangiliklar