Amerikalik ayol vazni etti kilogrammga yaqin bo`lgan qizaloqni dunyoga keltirdi, deb xabar berdi Lenta ru nashri.
Amerikaning Nyu-York shtatidagi Elmir shahridagi tug`ruqxonalardan birida tug`ilgan qizaloqning bo`yi 59 santimetrni, og`irligi 6,9 kilogrammni tashkil etdi. Shifokorlar butun tajribalari davomida bunday ulkan chaqaloqni hali ko`rmaganliklarini ma`lum qilishdi.
Aksariyat hollarda yangi tug`ilgan chaqaloqlar mazkur qizaloqdan ikki barobar kichkina bo`lishadi. Qizchaning onasi Joy Bakli (Joy Buckley) tug`ruqni og`ir o`tkazgan. Uch nafar shifokor ayolni kesarcha kesish usuli bilan operasiya qilishganiga qaramay, ayol tug`ruq jarohatlarini olgan.
Ayni paytda ona va bola shifokorlar nazoratida.






