AsosiyDunyo

Unvonidan mahrum bo`lgan “Moskva go`zali” alamidan tojni sindirdi

'Unvonidan mahrum bo`lgan “Moskva go`zali” alamidan tojni sindirdi'ning rasmi

“Moskva go`zali” tanlovining g`olibasi bo`lgan Alesya Semerenko unvondan mahrum etilgach, tashkilotchilarga g`oliblik tojini singan holda qaytardi, deb xabar berdi Lenta ru nashri.

— G`oliblik tojini Alesya Semerenkodan zo`rg`a qaytarib oldik.U sindirilgan, ta`mirtalab holda qaytarildi. Mazkur toj qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan”, deb voqeaga oydinlik kiritdi, tadbir rahbari Tatyana Andreeva.

Tojning qaytarib olinishiga tanlov g`olibasining shartnomada bir yil mobaynida xayriya tadbirlarida ishtirok etishga majburligi ko`rsatilgan bandi talablarini bajarmagani sabab bo`lgan. Bu go`zallik tanlovi tarixidagi ilk ko`ngilsiz voqeadir.

    Boshqa yangiliklar