Malida noma`lum shaxslar fulani millatiga mansub 134 nafar odamni o`ldirishdi, deb xabar berdi Lenta ru nashri.
Xabar berilishicha, donzo millatiga mansub libosda bo`lgan jinoyatchilar shanba kuni kechqurun Ogassagu va Velingara qishloqlarida yashovchi fulani millatiga mansub aholini o`ldirishgan. Halok bo`lgan orasida qariyalar, bolalar, homilador ayollar ham bor. Qishloqlar batamom yo`q qilingan.
Hozirda mazkur voqeaga oydinlik kiritilmoqda.






