AsosiyDunyo

Leonardo Di Kaprio va Bred Pitt ilk bor bir filmda paydo bo`lishadi

'Leonardo Di Kaprio va Bred Pitt ilk bor bir filmda paydo bo`lishadi 'ning rasmi

Internet tarmog`ida Kventin Tarantinoning to`qqizinchi filmining ilk treyleri paydo bo`ldi, deya ma`lum qildi Tvzvezda.ru nashri.

“Kunlardan bir kuni Gollivudda” deb nomlangan film televizion aktyor va uning dublyori haqida. Voqealar 1969 yildi ro`y beradi.

Bosh rollarda – Leonardo Di Kaprio va Bred Pitt. Shuningdek, kartinada Margo Robbi, Al Pachino, Kurt Rassel, Tim Rot, Bryus Dern, Maykl Medsen ham rol ijro etgan.

Rejissyorning aytishicha, uning o`ninchi filmi karerasidagi so`nggi film bo`ladi.

Film 26 iyul kuni katta ekranlarga chiqariladi.

    Boshqa yangiliklar