AsosiyDunyo

Jastin Biber tufayli Islandiyadagi dara yopildi

'Jastin Biber tufayli Islandiyadagi dara yopildi 'ning rasmi

Islandiyadagi Fyadrarglufyur darasi Jastin Biberning klipi namoyish etilganidan so`ng yopildi, deya xabar bermoqda RIA Novosti nashri.

Gap shundaki, ushbu darada suratga olingan Jastin Biberning I'll Show You qo`shig`i klipi ommaviy ravishda namoyish etilganidan so`ng bu maskan mashhur bo`lib ketdi va daraga juda ko`plab turistlar tashrif buyura boshlagan. Natijada esa bu maskandagi ko`plab o`simliklar toptalgan. Shuning oqibatida Islandiya atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi darani vaqtinchalik yopishga majbur bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar