Yaponiyaning Mannendzi ibodatxonasida 100 yildan beri sochi o`sadigan qo`g`irchoq saqlanadi, deya ma`lum qilmoqda Rambler nashri.
1918 yili bir bola singlisi uchun qo`g`irchoq sotib oladi. Qo`g`irchoq qizchaga shunchalik yoqib qoladiki, unga o`zining Okiku ismini beradi. Qizcha vafot etgach, qo`g`irchoqda g`alati holat kuzatiladi: uning sochlari tinmay o`saveradi. Sochlar qo`g`irchoqning tizzasiga etganda o`sishdan to`xtaydi. Ma`lum bo`lishicha, marhuma qizaloqning ham sochlari tizzasigacha bo`lgan ekan.
Hozircha ushbu fenomen ustida tadqiqot olib borishga hech kim botinolganicha yo`q.






