AsosiyDunyo

Dunyoning eng go`zal favvoralari bilan tanishing (foto)

CNN nashri dunyodagi eng chiroyli va hayratga soladigan favvoralar reytingini e`lon qildi, deb xabar bermoqda Korrespondent.net.

Kanazawa Fountain Clock. Foto: cnn.com

Kanazawa Fountain Clock (Yaponiya)

Yaponiyaning Kanadzava shahridagi temir yo`l stansiyasida joylashgan Kanazawa Fountain Clock betakror soati bir necha kichik favvoralardan tashkil topgan. Mazkur favvoralar orqali harf va raqamlar yozilib, ushbu vazifaga maxsus tizim javob beradi.

Kanazawa Fountain Clock. Foto: dangertravels.com

Banpo Moonlight Rainbow Fountain (Koreya)

Koreya Respublikasining poytaxti Seulda joylashgan mazkur suv inshooti dunyodagi eng uzun ko`prik-favvora hisoblanadi. Bu erda daqiqasiga 190 tonna suv kuchli bosim bilan quyiladi. Suvi bevosita Xangan daryosidan keladigan mazkur favvora shousiga aprel oyidan oktyabrga qadar har kuni guvoh bo`lish mumkin.

Banpo Moonlight Rainbow Fountain. Foto: Korrespondent.net

Swarovski Crystal Head Fountain (Avstriya)

Avstriyaning Insburk shahridagi favvoraning ichida Swarovski muzeyi joylashgan. Muzey o`t-o`simlik bilan qoplangan ulkan bosh shaklida qurilgan. Mazkur boshning og`zidan suv oqib turadi, ko`zlari esa Swarovski oynalaridan yasalgan. Ayni damda rekonstruksiya uchun yopilgan muzey 2015 yil may oyida ochiladi.

Swarovski Crystal Head Fountain. Foto: Korrespondent.net

Bellajio favvoralari (Las-Vegas)

Bellajio favvoralarining qurilishiga 40 million dollar sarflangan. Bu erda suv 24 qavatli binoga teng balandlikkacha ko`tariladi.

Bellajio favvoralari. Foto: Korrespondent.net

Boylik favvorasi (Singapur)

Dunyodagi eng katta favvora nomiga sazovor bo`lgan Boylik favvorasi 1998 yil Ginnes rekordlari kitobidan joy olgan.

Boylik favvorasi. Foto: Korrespondent.net

Tap fountain (Ispaniya)

Mazkur g`aroyib favvora Ispaniyaning Menorka orolida joylashgan bo`lib, undagi suv quvurdan otilib chiqadi.

Tap Fountain. Foto: Korrespondent.net

Jet d’Eau (Jeneva)

Ushbu favvora suvi 140 metr balandlikkacha ko`tariladi.

Jet d'Eau. Foto: Korrespondent.net

Crown Fountain (Chikago)

Mazkur suv inshooti havzasida raqamli video aks etib, u favvora yonidagi minoralarda o`rnatilgan ekranlarda namoyish etiladi.

Crown Fountain. Foto: Korrespondent.net

Dubay favvorasi (Dubay, BAA)

Ushbu favvora dunyoning eng baland inshooti Burj Xalifa oldida joylashgan bo`lib, uning suvi 50 qavatli bino balandligigacha ko`tariladi. Suv inshooti 6600 dona svetodiod va 25 ta rangli projektor bilan jihozlangan.

Dubay favvorasi. Foto: Korrespondent.net

Aquanura, Efteling (Gollandiya)

Aquanura favvorasi Gollandiyadagi Efteling bog`ining 60 yilligi munosabati bilan 2012 yilda qurilgan. 200 favvora va 900 ta chiroqdan iborat kompozisiya har kuni 6500 tomoshabinni o`ziga jalb qiladi.

Aquanara. Foto: Korrespondent.net

Scioto Mile Fountain (Ogayo, AQSh)

Aprel oyidan oktyabrga qadar ishlaydigan mazkur favvora er ostidagi hajmi 416 395 litrgacha bo`lgan suv havzalari yordamida faoliyat yuritadi.

Scioto Mile Fountain. Foto: Korrespondent.net

Lotte World Musical Fountain (Pusan, Janubiy Koreya)

2010 yilda ochilgan mazkur suv inshootini tomosha qilish uchun hozirda kuniga 20 ming sayyoh tashrif buyuradi.

Lotte World Musical Fountain. Foto: Korrespondent.net

Longwood Gardens (Pensilvaniya, AQSh)

Mazkur favvoralar seriyasi 1931 yilda qurilgan bo`lib, 1984 yil to`liq kompyuterlashtirilgan. Uning suvi 39 metr balandlikkacha ko`tariladi.

Longwood Gardens. Foto: Korrespondent.net

Stravinskiy favvorasi (Parij)

Ushbu suv inshooti 16 mexanik haykaldan iborat bo`lib, ular bastakor Igor Stravinskiy musiqalari ohangida harakatga keladi.

Stravinskiy favvorasi. Foto: Korrespondent.net

Turning Heads Fountain ( Kaliforniya, AQSh)

Ushbu favvora odamning qisman suv ostida bo`lgan boshi shaklida mahalliy san`atkor Seed Alavi tomonidan qurilgan.

Turning Heads Fountain. Foto: Korrespondent.net

    Boshqa yangiliklar