AsosiyDunyo

Ovloq Afrika o`qituvchisi dunyodagi eng yaxshi muallim deb topildi

'Ovloq Afrika o`qituvchisi dunyodagi eng yaxshi muallim deb topildi 'ning rasmi

Keniyalik fizika va matematika o`qituvchisi Piter Tabichi (Peter Tabichi) Global Teacher Prize xalqaro mukofoti sohibiga aylandi, deya xabar qildi Asia One nashri.

Taqdirlash marosimi Dubayda bo`lib o`tdi. 36 yoshli afrikalik o`qituvchiga bir million dollar miqdorida mukofot puli topshirildi. Piter Tabichi 179 mamlakatdan qatnashgan 10 ming nomzodlarni ortda qoldirgan.

Tabichi saboq beradigan Pvani qishlog`idagi maktab o`quvchilari xalqaro tanlovlarda ko`p bora g`olib bo`lishgan. Bu esa hakamlarning e`tibornini tortdi.

Maktab ostonasigacha etib borish uchun Pvani Tabichi o`quvchilari har kuni bir necha kilometrga cho`zilgan loy va o`nqir-cho`nqir so`qmoqlarni bosib o`tishlariga to`g`ri keladi. O`quvchilarning aksari qashshoq oiladan, yana bir qismi esa etim-esirlardir. O`qituvchining aytishicha, maktabda mablag` etishmas ekan, u o`zining 80 foiz oyligini darsliklar va maktab formasiga sarflarkan.

“Bu mening g`alabam emas, mukofot yosh tafakkurlarga tegishli”, deydi Piter Tabichi.

    Boshqa yangiliklar