AsosiyDunyo

AQShning eng keksa fuqarosi vafot etdi

'AQShning eng keksa fuqarosi vafot etdi 'ning rasmi

Los-Anjelesda AQShning eng keksa fuqarosi, 111 yoshli mo`ysafid vafot etdi, deya xabar berdi Los Angeles Times nashri.

Genri Tseng (Henry Tseng) spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari va giyohvand moddalardan o`zini tiygan. Uning fikricha, uzoq umr ko`rish uchun har kuni tabassum qilish, arzimagan muammolardan asabiylashmaslik va muntazam ravishda jismoniy mashqlar bajarish lozim.

Tseng Yaponiyaning Iokogame shahrida tug`ilgan va uzoq vaqt Shanxay hamda Gongkongda ishlagan. AQShga esa 1975 yili ko`chib o`tgan.

    Boshqa yangiliklar