Britaniyaning Nit shahrida Birlashgan Qirollikdagi eng badburush ko`ppak vafot etdi, deb xabar qildi Daily Mirror nashri.
Kemshik va tepakal Cheyz laqabli it 16 yoshda vafot etdi. Uning sohibasi Sheyler xonim ko`ppakni dahshatli shart-sharoitdan qutqarib qolgandi. U yonlamasiga harakatlanardi, chunki uning chap ko`zida katarakta bor edi.
“Cheyz hamisha yonimda bo`ldi. U odamlarni sevardi, odamlar esa uni”, deydi Sheyler xonim.






