“O`zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan kitoblar sovg`a qilish tadbirida yosh estrada xonandalari ham ishtirok etishmoqda.
Jumladan, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva poytaxtimizdagi 241–son, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ziyoda Qobilova 299-son, xonandalar Oybek va Nigora 179-son, Jahongir Poziljonov 278-son maktablariga borishib, bir qancha kitoblar sovg`a qilishdi. E`tiborlisi, ular bu tadbir orqali o`quvchilik davrlarini ham zavq bilan esga olishdi.