AsosiyDunyo

Ikki talaba uch hafta junglida jon saqladi

'Ikki talaba uch hafta junglida jon saqladi 'ning rasmi

Buyuk Britaniyalik ikki talaba junglida jon saqlash uchun Malayziyaga yo`l olishdi, deya xabar bermoqda The Mirror nashri.

Ular o`zlari bilan na egulik, na kiyim-kechak olishgan.

26 yoshli Deniel Olifi (Daniel Olifi) va 27 yoshli Jeyms Moynixen (James Moynihan) ovloq maskanda o`z kuchlarini sinab ko`rishmoqchi bo`ldi. Ular faqat o`zlari bilarn machete, chaqmoqtosh, chivintutar to`r, suv to`ldirilgan metall idish va birinchi tibbiy yordam vositalari to`plamini olishgan.

Suv manzilga etib kelingach, bir necha soatdan so`ng tugaydi. To Moynixen suv manbasini izlaguncha Olifi tunash uchun joy hozirlaydi va qo`lini machete bilan kesib oladi. U yarasi chetlarini superelim bilan biriktirishga harakat qiladi, ammo yara qonashda davom etaveradi. Ertasi ertalab junglidan chiqib, yo`lovchi mashina ushlashga to`g`ri keldi. Ular kasalxonaga borishib, Olifining yarasini bog`lab kelishadi. Shundan so`ng tag`in xilvatga qaytishadi.

Bu vaqt ichida ikkovlon 20 kilo vazn tashlashdi. Britaniyaliklar, asosan, reza meva va hasharotlar bilan qorin to`ydirishgan. Gohida ochlik tufayli hushdan ham ketishdi. Ammo ular o`z irodalarini toblashga intilishdi.

    Boshqa yangiliklar