Amerikalik UFC jangchisi Neyt Dias Habib Nurmagomedovni qo`rqoqlikda aybladi, deya ma`lum qildi Lenta.ru nashri.
“Habib 32 ta tishini qoqib olishimdan qo`rqib, yashirinib yuribdi. Makgregorni-ku, allaqachon ikki marta tavbasiga tayantirdim”, deb yozadi Neyt o`zining Instagram sahifasida.
Neyt va Habib ringga bir-biriga qarshi ko`tarilish-ko`tarilmasligi hozircha noma`lum.






