Evropa parlamentiga saylovlar arafasida Ispaniyaning o`ng qanot partiyasi Barselona shahrida yirik namoyish o`tkazdi, deya xabar bermoqda TASS nashri.
Bundan ko`zlangan maqsad esa saylovlardan avval Kataloniyaning xududiy yaxlitligi yoki bo`linishi masalasini hal qilishdir. Namoyishda Kataloniya mustaqilligi tarafdorlari kelib qo`shilishgan. Natijada tartibsizlik kelib chiqdi.So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, polisiya 3 nafar namoyishchini hibsga olgan hamda bir necha kishi jarohatlanib, kasalxonaga etkazilgan.






