Slovakiyada prezident saylovining ikkinchi bosqichi bo`lib o`tdi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
Unda asosiy nomzodlar hisoblangan advokat Zuzana Chaputova va Evropa komissiyasi raisining o`rinbosari Marosh Shefchovich eng ko`p ovoz to`plab, boshqa raqiblaridan o`zib ketishdi. Agar saylovda Zuzana Chaputova g`olib bo`lsa, u Slovakiyaning birinchi ayol prezidentiga aylanadi. U amaldagi dalat rahbari Ander Kiski tomonidan ham qo`llab-quvvatlanmoqda.






