AQSh prezidenti Donald Tramp qo`shni davlatlar noqonuniy muxojirlar oqimini to`xtatmasa, kelasi haftadan boshlab Meksika bilan chegarani yopishi bilan tahdid qildi, deb xabar berdi Vesti nashri.
Trampning so`zlariga ko`ra, Meksika zudlik bilan biror narsa qilishi kerak.
“Ko`p yillar davomida Meksika bilan savdo qilish bizga qiyinchilik tug`dirgan, biz uchun eng foydalisi chegarani yopishdir”, deydi Tramp.
Bundan tashqari Oq uy rahbari AQSh migrasiya qonunchiligini keskinlashtirishni talab qildi.






