Chexiyaning Brno shahrida tramvay va trolleybus to`qnashib ketdi, deb xabar bermoqda Ria.ru nashri.
Oqibatda qirqqa yaqin kishi jarohatlandi.
Tibbiy xodimlar voqea joyida jarohatlanganlarga birinchi yordam ko`rsatishdi. Og`ir yaradorlar mahalliy kasalxonalarga olib ketildi.
Polisiya hodisa sabablarini o`rganmoqda. YTH ro`y bergan hudud transport harakati uchun yopilgan.






