Amsterdam universiteti olimlari yumushlarni keyinga qodirish istagining sababini topishdi, deya ma`lum qildi Vm.ru nashri.
Yumushlarni ertangi kunga qoldirishning asosiy sababi to`yib uxlamaslik ekan. Bu organizm o`zini o`zi idora qilish qobiliyatining susayishi bilan bog`liq.
Eksperimentda 70 dan ortiq odam qatnashgan. Har bir kishi o`zining uyqu sifati va ish davomida erinchoqlikka qanchalik moyilligini gapirib bergan.
O`zini o`zi idora qilish darajasi past bo`lgan odamlarda qaramlik darajasi yuqori bo`lar ekan.






