Angliyada bir ona o`limidan so`ng qiziga ko`ngiliydirar hadya qoldirdi, deb xabar qildi Layf nashri.
Emmaning onasi oila a`zolari uchun vafotidan so`ng ochilishi kerak bo`lgan maktublar qoldiradi. Ammo u qiziga yozishga ulgurmaydi, unga sovg`a sifatida tufli qoldiradi.
Angliyaning Lestershirida istiqomat qiladigan Emma Lett turmushga chiqishga tayyorgarlik ko`rar edi. Biroq bir oydan so`ng mash`um xabar barchani tong qoldiradi. Uning onasi o`pkasida saraton aniqlanadi. Shifokorlar uning ozgina umri qolganini bildirishadi. Shundan so`ng ayol barcha oila a`zolariga xayrlashuv maktubini bitishga kirishadi. Ammo Emmaga yozishga ulgurmaydi. Shunda ayol qizining to`yiga atab tufli sotib oladi.
Oradan vaqt o`tib (onaning vafotidan so`ng) to`y kuni etib keladi. Onasining sovg`asini kiyib o`lchab ko`rish uchun tuflilarni qo`liga olgan Emma ko`z yoshlarini tiyib turolmaydi. Ma`lum bo`lishicha, tuflining tagiga quyidagi dil so`zlari bitilgandi:
“Qizalog`im, to`y kuningga senga sovg`a qilishga ahd qilgandim. Ushbu to`y tuflilari – mening hadyam. Umid qilamanki, ushbu kun sen uchun mo``jizakor bo`ladi.
Seni jonidan ortiq ko`rib quchib qoluvchi onang”.






