Mozambikda juda kuchli tropik sikloni kuzatildi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz nashri.

“Idai” sikloni natijasida 598 kishi halok bo`lgan. Qolaversa, 1,6 ming kishi jabr ko`rgan.

“Idai” tropik sikloni mart oyida Afrikaning janubi-sharqiy qirg`oqlarida kuzatilib, Mozambik, Zimbabve va Malaviga yopirilgan.







