Yaponiyalik ayol non eb, halok bo`lishiga bir bahya qoldi, deya xabar qildi BMJ Case Reports nashri.
43 yoshli ayol an`anaviy yapon noni okonomiyakidan bir tishlam tishlaydi va unda yo`tal, bo`g`ilish, diareya, oshqozon og`rig`i paydo bo`ladi. Kasalxonada u bir yildan beri omborxonada saqlanayotgan bankadagi undan non pishirganini aytadi.
Ekspertizadan so`ng ma`lum bo`ldiki, unda chang kapalari bor ekan. Ana shu parazitlar ayolning oshqozoniga tushib, uning tobini qochirgan ekan. Davolanishdan so`ng ayol o`zini yaxshi his etmoqda.






