Olimlar stress holatida kaloriyasi kuchli taomlarni iste`mol qilmaslikni tavsiya qilishmoqda, deb xabar qilmoqda Anews.com nashri.
Psixologlarning aytishicha, ko`pincha yolg`iz odamlar o`z qayg`ularini unutish uchun ko`p ovqat eb qo`yishar ekan. Oila, do`stlar, suhbatdosh yo`qligi uchun ular ovqatdan taskin topisharkan. Chunki ovqat tezkor lazzatga kiradi.
Bu holatdan qochish uchun, ya`ni semirib ketmaslik uchun kaloriyasi kam ovqatlar, eng yaxshisi, meva va sabzavotlar iste`mol qilish lozim. Bundan tashqari, stress holatida jismoniy faollik ham yaxshi natija beradi.






