Shvesiyaning Foreo velness-markasi onlayn so`rov o`tkazib, eng chiroyli keksaygan mashhurlar ro`yxatini keltirdi, deya ma`lum qilmoqda Mirrornashri.
Ayollar orasida 73 yoshli britaniyalik aktrisa Xelen Mirrenga birinchi o`rin nasib etgan.
Ikkinchi o`rinda – Buyuk Britaniya qirolichasi Elizaveta II (92 yosh).
Uchinchi o`rinda esa 60 ga kirgan Madonna.
Erkak mashhurlar orasida birinchi o`rinda 69 yoshli Richard Gir bo`lsa, keyingi o`rinlarni ketma-ketlikda aktyorlar Liam Nison (66 yosh), Pirs Brosnan (65 yosh), Arnold Shvarsenegger (71 yosh) va Xarrison Ford (76 yosh)lar egallashgan.






