UFC chempioni Habib Nurmagomedov Konorni rashkchi xotinga tenglashtirdi, deb xabar bermoqda Layf nashri.
Habib Moskvadagi Plexanov universiteti talabalari bilan uchrashuv chog`ida Konor Makgregorning sportdan ketishiga bo`lgan fikrini ochiq-oydin bildirdi.
- Ertaga u sportga qaytishini bildiradi va butun OAV u haqida yozadi. U shu bois ham maydonni tark etmoqda. Bu xuddi rashkchi xotin: “Ketaman”, deb araz qilishiday gap, - deydi dog`istonlik jangchi.






