AsosiyDunyo

Saraton o`simtasini hasharot chaqqanga yo`ygan erkak ko`zidan ayrildi

'Saraton o`simtasini hasharot chaqqanga yo`ygan erkak ko`zidan ayrildi 'ning rasmi

Britaniyaning Redditch shahrida istiqomat qiluvchi erkak saraton o`simtasini hasharot chaqqanga yo`yib, ko`zidan ayrildi, deya xabar qildi Lenta.ru nashri.

Butun umr bog`bon bo`lib ishlagan Devid Xiston (David Histon) burnida paydo bo`lgan o`simtaga ko`p ham e`tibor bermaydi, shishni bironta hasharot chaqib olganiga yo`yadi. Shish kattalashavergach, malham suradi.

Shish bir santimerdan oshgach, u shifokorga murojaat etadi. Tekshiruvlardan so`ng bu saraton o`simtasi ekani ma`lum bo`ladi. Jarrohlik tig`i ostiga yotgan Xistonni etti soat operasiya qilishadi, chunki o`simta chuqurlashib miyaga etib qolgandi.

Ertasi kuni esa uning chap ko`zini olib tashlashadi, yo`qsa, bu og`ir holatlarga olib kelishi mumkin edi.

    Boshqa yangiliklar