Dunyoda ilk bor Internet orqali miya operasiyasi o`tkazildi, deb xabar qilmoqda Layf nashri.
5G-tarmog`i tibbiyotgacha etib bordi.
16 mart kuni Xitoyning Sanya shahrida jarroh 3 ming kilometr olisda turib, bemorning miyasiga chip o`rnatdi.
Operasiyani doktor Ling Jipey o`tkazdi. U operasiya palatasidagi ekranga Internet tarmog`i orqali ulanib, operasiyani amalga oshirdi. Parkinson kasalligi mavjudligini aniqlab beradigan chipni Ling olisdan turib bemorning miyasiga o`rnatdi.
Aloqa uchun 5G-texnologiyasi bilan ishlovchi mobil internetdan foydalanildi.






