1

Farg`ona viloyatida Beeline’ning yangi 3G baza stansiyalari o`rnatildi

Hi-tech 20.11.2014, 08:38
Farg`ona viloyatida Beeline’ning yangi 3G baza stansiyalari o`rnatildi

Eng yirik aloqa operatori Beeline Farg`ona viloyatida tarmoqlar qoplami doirasining keng miqyosda kengaygani haqida xabar beradi.

Zamonaviy innovasion uskunalarning ishga tushirilishi viloyat markazida aloqa sifatini yanada o`sishiga imkon berdi: qo`shimcha 3G antennalari Navoiy, Qodiriy, Farg`ona, Yoshlik va Sayilgoh ko`chalari bo`ylab o`rnatildi. Shuningdek, yangi baza stansiyalari Qo`qon (Yangi Chorsu, Navoiy, Farobiy va Xalq so`zi ko`chalari), Quvasoy (Qadriyat ko`chasi) va Marg`ilon (Turkiston ko`chasi) shaharlarida ham ishga tushirildi.

Voqeani sharhlar ekan Unitel’ning hududiy rivojlantirish bo`yicha direktori Dmitriy Resh shunday dedi: «Vodiyning barcha viloyatlarini birlashtiruvchi Beeline’ning sharqiy filiali — abonentlarimizning to`rtdan uch qismiga xizmat ko`rsatadigan kompaniyamizning eng yirik klasteridan biridir. Albatta, xizmat sifatini rivojlantirish va hududda tarmoq kengayishiga jiddiy yondashilgan bo`lib, bu borada biz sezilarli natijalarni ko`rmoqdamiz. Beeline O`zbekistondagi faoliyatining birinchi kunlaridan boshlab Farg`ona vodiysida birinchi raqamli operator bo`lib kelgan va bu ko`p narsani tushuntiradi».

Beeline tarmog`i, shuningdek, Farg`ona viloyatining Oltiariq («Katput» QFY), Beshariq (Andarxon qishlog`i), Buvaydi (Poshshopirim qishlog`i), Dang`ari (Urganja qishlog`i), Rishton (Uyrat qishlog`i), O`zbekiston (Nursux qishlog`i) va Uchko`prik (Qapaqo`chqor qishlog`i) tumanlarida sezilarli darajada kengaytirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1