1

Shahobiddin Zoirov professional boksdagi debyutida g`alaba qozondi

Sport 05.04.2019, 22:53
Shahobiddin Zoirov professional boksdagi debyutida g`alaba qozondi

Rio olimpiadasi chempioni, hamyurtimiz Shahobiddin Zoirov bugun professional boksda debyut jangini o`tkazdi. Buyuk Britaniyaning “MTK” promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlikda faoliyat olib borayotgan yurtdoshimiz dastlabki jangini indoneziyalik Entoni Xoltga qarshi olib bordi.

6 raundga mo`ljallangan jangning 1 raundi ham tugashga ulgurmadi. Aniqroq qilib aytadigan bo`lsak, referi yarim daqiqa ichida nokdaund holatini e`lon qildi. 1-raundning 19-soniyasi o`tib borayotgan payt Zoirov yo`llagan kuchli zarbani indoneziyalik bokschi o`tkazib yubordi va erga qulaganicha, 10 soniya ichida qaytib o`rnidan ko`tarilmadi.

Shu tariqa hamyurtimiz professional boksdagi ilk jangida dastlabki daqiqadayoq nokaut evaziga g`alaba qozonmoqda. O`xshash jihati Shahram G`iyosov ham o`zining biringchi jangida xuddi shunday g`alabani tantana qilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1