AsosiyDunyo

Saratonga chalingan odam loteriyada yutgan puliga sayohat qildi

' Saratonga chalingan odam loteriyada yutgan puliga sayohat  qildi'ning rasmi

Shimoliy Karolinada jigar saratonining og`ir turiga chalingan odam lotereyada yutgan pulini davolanish o`rniga sayohatga sarfladi.

AQShning Shimoliy Karolina shtati fuqarosi lotereyaga 250 ming dollar yutib olgan, deya xabar beradi Inside Edition nashriga tayanib Daryo.uz Ma`lum bo`lishicha, lotoreyasiga yutuq chiqqan Richard Biar xotinining iltimosiga ko`ra, lotereya chiptasini sotib oladi. Shu bilan birga u bir nechta tezkor lotereya biletlarini sotib olishga qaror qiladi. Ulardan birining himoya qatlamini ochishi bilan katta unga miqdordagi yutuq chiqadi.

Biar bu pulni sayyohlik safari uchun sarflashga qaror qildi.

«Yaqinda menda jigar saratonining to`rtinchi bosqichi aniqlandi. Hozircha imkonim bor ekan, sayohatga chiqib, dunyo aylanmoqchiman», — deydi u. Uning so`zlariga ko`ra, rafiqasi har doim Italiyani ko`rishni orzu qilgan va endi ular bu niyatlarini amalga oshirishi mumkin.

Cancer Research UK hayriya tashkilotining bergan ma`lumotlariga ko`ra, saraton kasalligining to`rtinchi bosqichida bemorlar taxminan to`rt oy umr ko`radi.

    Boshqa yangiliklar