NASA va Evropa kosmik agentligi 60 kun uzzukun karavotda yotib, maoshi 19 ming dollar bo`lgan ish taklif qilmoqda, deb xabar bermoqda RIA Novosti nashri.
Mazkur “tarallabedod” ish 60 kun davom etadi. Ko`ngillilar shunchaki kun bo`yi karavotda jim yotishsa bas. Maqsad astronavtlar uchun kosmos sinovini o`tkazish. Ammo ko`ngillilar kosmosga ko`tarilish huquqiga ega bo`lmaydilar. Eksperiment 15 kunlik tayyorgarlik, 60 ish kuni davom etadi. 100 dan ortiq olimlar turli tadqiqotlar olib boradilar.






