Erevanda harbiy qism komandiriga o`q uzildi, deb xabar bermoqda Day.Az nashri.
Hodisa Malatya-Sebastiya ma`muriy tumanida bo`lib o`tgan.
Harbiy qism komandiri ertalab uyidan chiqadi, shunda lift tomondan unga qarata o`q uziladi. O`q uning qorniga tegadi, ammo komandir jinoyatchini qurolsizlantirishga ulguradi va polisiya kelguncha qonunbuzarni ushlab turdi.
Ma`lum bo`lishicha, o`q uzgan odam komandirning sobiq xodimi bo`lib chiqdi.






