Kuyov to`yda kelinni loyga tashladi va ortidan o`zi ham sakradi, deya xabar qildi WFTV nashri.
Amerikaning Punta-Gorda shahri aholisi o`zining g`alati udumlari bilan ajralib turadi.
Jeremi va Ariel Biddl o`zlarining to`yini qadim ota-bobolari singari o`tkazishga ahd qilishdi. Jinsi yarim kombinezonda kelgan Jeremi ruhoniy qarshisida kelinga nikoh qasamini ichdi-da, so`ngra shartta kelinni ko`tarib, uni loyga irg`itdi. Keyin esa ortidan o`zi ham sakradi.
Keyin esa yosh kelin-kuyov asal oyini Kolorado tog`larida o`tkazish uchun ketishdi.






