Bemorning ko`zida tirik asalari borligi aniqlandi, deya ma`lum qildi Daily Mail nashri.
Tayvan orolida shifokorlar bemorning ko`z chanog`idan to`rtta tirik asalarini olib tashlashdi.
“Biz marhum qarindoshimizning qabrini tartibga keltirayotgandik. Men cho`kkalab, o`tlarni yulayotgandim. Keyin yuzimga shamol urdi va ko`zimga nimadir kirib ketdi, – deydi bemor qiz. – Ko`zimni suv bilan yuvib tashladim, ammo kechga borib ko`zim achishib, yosh oqaverdi”.
Shundan so`ng qiz shifokorlarga ko`rinadi. Ular qizning ko`zidan to`rtta tirik asalarini topishadi va hasharotlarni ehtiyotkorlik bilan olib tashladi.






