Fransiya shahri meri bir evroga uy sotadi, deya xabar berdi Segodnya nashri.
Bir evrolik uy. Bu uydirma emas, Rube shahri merining taklifi. Tanlov ham yomon emas: bir, ikki va xatto uch qavatli uylar.
Bu uylar Ikkinchi jahon urushigacha qurilgan, hozirda esa tashlandiq holatda.
Eski uylar xuddi tutqichsiz jomadon kabidir. Ta`mirlash qimmatga tushadi, ko`chmas mulk bozoriga ham qo`yib bo`lmaydi. Shu bois shahar hokimiyati uylarni deyarli tekinga berishga qaror qildi. Maqsad esa shaharni obodonlashtirish va uysizlarga boshpana berishdir.






