AsosiyDunyo

Mosart musiqasining yangi ta`siri ochildi

'Mosart musiqasining yangi ta`siri ochildi 'ning rasmi

Og`riq qoldiruvchi va yallig`lanishga qarshi dorilarni hayotingizda kamaytirish mumkin, deya ta`kidlamoqda Vesti nashri.

Yuta universiteti tadqiqotchilari buning uchun vaqti-vaqti bilan mumtoz musiqa tinglash kifoya ekanini ma`lum qilishdi.

Hatto sichqonlar uchun ham Volfgang Amadey Mosartning kompozisiyalarining jonlantiruvchi ta`siri begona emas ekan. Daho kompozitorning asarlarini 21 kun davomida eshitgan panjalari singan kemiruvchilar panjalari og`riyotganiga qaramay, og`riqqa musiqa eshitmagan sichqonlarga nisbatan 77 foiz ko`proq chidashgan.

Qolaversa, musiqa bir qator dorilarning ham ta`sirini kuchaytirgan. Masalan, Mosart musiqasi ostida qabul qilingan ibuprofen shishlarni 93 foizga kamaytirgan.

Mosart kuylari asab tizimining tinchlanishiga ham katta ta`sir ko`rsatadi.

    Boshqa yangiliklar