AQSh prezidentlari hayotiga tegishli 8 ta keng ommaga ma`lum emas. Bu haqda Rambler nashri keltirib o`tmoqda.
Jorj Vashingtonning bir tishi yog`ochdan, degan mish-mish AQShning birinchi prezidenti hayotligidayoq tarqalgan edi. Aslida uning noodatiy tishi imlant bo`lib, tish dandon, begemot tishi va odam tishidan yasalgan edi.
Jon Taylerning 15 nafar farzandi bo`lgan.
Millard Fillmor 19 yoshligida o`zining maktabdagi o`qituvchisi Ebigeyl Pauersga uylanadi.
Prezident Franklin Pirs otda bir ayolni bosib ketgani uchun hibsga olingan.
Jeyms A. Garfild hayratlanarli iqtidorga ega bo`lgan: u bir vaqtning o`zida bir qo`lida lotin, ikkinchi qo`lida yunon tilida yoza olgan.
Uilyam Genri Garrison prezidentligida ilk bor Oq uyga elektr toki o`tkazilgan. Uilyam tok urishidan shunchalik qo`rqardiki, chiroqni o`zi yoqolmagan.
Uilyam Makkinli oddiy mixlar omad keltiradi, deb hisoblagan. 1901 yil sentyabrda u pijagining cho`ntagidan “omadli” mixni olib, kichkina bir qizaloqqa sovg`a qiladi. Oradan bir necha daqiqa o`tib, Makkinlini otib qo`yishadi.
Kalvin Kulijning ikkita yonuti bo`lgan, Rebekka va Ruben. Jonivorlar bir-biri bilan chiqishmagan. Qolaversa, prezident administrasiyasi xodimlari ham ularni ko`rishga ko`zi bo`lmagan. Ikki yonut bir-biri bilan janjallashib, Oq uydagi barcha qimmatbaho matolarni parchalab tashlagan.