Tanamizning ba`zi qismlari organizmimizdagi hech qanday funksiya bajarmaydi, deb xabar qilmoqda Hi-News nashri.
Arrector pili – bu qisqarganda g`oz terisi effekti yoki junjikishni paydo qiladigan mushak tolalaridir.
U turli vaziyatlarda paydo bo`lishi mumkin: sevimli musiqangizni tinglayotganingizda, sevimli filmingizni tomosha qilayotganingizda, sovqotganingizda, qo`rqqaningizda teringizda mayda-mayda shishchalar paydo bo`ladi.
Ajdodlarimiz quyuq tukli qoplamaga ega bo`lishgan va bu mushak tolalari o`ta foydali vazifani bajargan. Xavf-xatar paytida mushak tolalari salmoqli tus olib, raqibni qo`rqitgan.






