Italiyalik olimlarning ma`lumotlariga ko`ra, bosh og`rig`idan dorivor vositalarsiz qutulish mumkin ekan, deb xabar bermoqda Independent-press.ru nashri.
Buning uchun ortiqcha vazndan xalos bo`lish kifoya.
Aynan ozish ushbu kasallikdan xalos qilar ekan. Ortiqcha kilogrammlarning yo`qligi salomatlikka yaxshi ta`sir etadi. Qandli diabet, virusli va yurak xastaliklari, insult kabi kasalliklarga duchor bo`lish ehtimoli sezilarli darajada kamayadi.
Shuningdek, migrendan qutulish uchun 15 daqiqa issiq vanna qabul qilish tavsiya etilmoqda.






