AsosiyDunyo

Britaniya kompaniyasi “ta`m bilish bo`yicha direktor”ga 66 ming dollar taklif etmoqda

'Britaniya kompaniyasi “ta`m bilish bo`yicha direktor”ga 66 ming dollar taklif etmoqda 'ning rasmi

Vegetarianlar taomlarini etkazib berish bilan shug`ullanuvchi Britaniya kompaniyasi “ta`m bilish bo`yicha direktor” izlamoqda, deb xabar berdi RIA Novosti nashri.

Yangi direktor dunyo bo`ylab sayohat qilgancha, o`zgacha o`simlik mahsulotlari va taomlarini izlaydi.

Taxminlarga ko`ra, omadi kelgan nomzod Yaponiya, Xitoy, Turkiya va Chilida to`rt oydan bir yilgacha safarda bo`ladi.

Kompaniya turar joy, yo`l va ovqatlanish xarajatlarini o`z bo`yniga oladi, shuningdek, 28 kunlik mehnat ta`tiliga to`lov o`tkazadi.

Ushbu ish o`rniga nomzod oziq-ovqat sanoatida kamida uch yilgacha ish tajribasiga ega bo`lishi, hamkorlik munosabatlarini yo`lga qo`ya olishi va biologik mahsulotlarni saralay olishi lozimligi ta`kidlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar