Jajji qizaloqning bahaybat quyon bilan do`stligi ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo`ldi, deya xabar qilmoqda Sputniknews.kz nashri.
Ushbu qizaloqning chin do`sti quyonvoy Paff hozir bir metrdan sal pastroq, biroq bu tur quyonlar bir yarim metrgacha o`sishi mumkin.
Qizaloq Meysi va quyon Paffning do`stligidan so`ylovchi videoroliklar ijtimoiy tarmoqlarda juda ham mashhur, jonivorning akkakuntiga 160 mingdan ortiq odam a`zo bo`lgan.
Meysi sevimli jonivorini quchishni yaxshi ko`radi, quyonvoy ham mehr bilan javob qaytaradi.






