Xitoyning Sichuan provinsiyasida istiqomat qiluvchi keksa odam 54 yil davomida sochini kesmadi, deya ma`lum qilmoqda Oddity Central nashri.
77 yoshli Ake Ichjenning ta`kidlashicha, 50 yildan ortiq vaqt davomida sochiga umuman tig` tekkizmagan. U 23 yoshidan boshlab sochini o`stira boshlagan. Negaki buni sog`liq uchun foydali deb hisoblagan. Akening aytishicha, 70-yillarning so`ngida unga sochini olishi uchun 3 ming yuan taklif qilishgan. Ake rad etgan.
Uzun sochlar noqulayliktug`dirsa-da, Ake bundan shikoyat qilmaydi. “Bu holat uning uchun normal holat, – deydi Akening rafiqasi. – U haftada kamida ikki marta sartaroshxonaga boradi, u erda sochini yuvishadi, turmaklashadi. Ikki-uch kishi uch soat bu ish bilan ovora bo`lishadi”.






