Ota-bola Ronaldularning mashinada qo`shiq kuylagani aks etgan videorolik Internet tarmog`ida mashhur bo`ldi, deya xabar bermoqda Layf nashri.
Portugaliya terma jamoasi va Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o`zining Instagram sahifasida mashina haydayotib qo`shiq kuylagani aks etgan rolikni e`lon qildi. Futbolchi The Korgis guruhining Everybody's Got To Learn Sometime qo`shig`ini hirgoyi qildi.
Kichik Krishtianu esa orqa o`rindiqda otasiga jo`r bo`ldi.






