Parijdagi turar joylardan birida yong`in va portlash sodir bo`ldi, deya xabar berdi Day.Az nashri.
Portlash Fransiya poytaxtining shimoli-sharqida ro`y bergan.
Falokat ro`y berganidan so`ng voqea joyida darhol o`nlab o`t o`chiruvchilar ish olib bora boshlashgan.
Qurbonlar yoki jabrlangan yo`q.
Portlashdan so`ng yong`in sodir bo`lgan. Ikkinchi portlash esa o`t o`chirilayotgan paytda ro`y bergan.






