Rossiyaning Samara shahri uzra meteorit uchib o`tdi, bu haqda Ren.tv nashri ma`lum qildi.
Samara aholisi osmondagi o`ta yorqin shu`lani suratga olishdi. “Astro-Samara” astronomiya havaskorlar klubi direktorining aytishicha, bu aniq meteorit edi.
Shu`la bilan birga bo`g`iq gumburlash ovozi eshitilgan. Shunga qaramay, hech qanday favqulodda holat kuzatilmagan.






