Braziliyaning “Atletiko Goyyaniense” va “Vila-Nova” futbol klublari o`rtasida match ommaviy mushtlashuvlar bilan yakun topdi, deya ma`lum qildi Day.Az nashri.
Final hushtagidan so`ng maydonda futbolchilar va ikki jamoaning murabbiylari ishtirokida janjal boshlanadi.
Polisiya tartibsizlarga ko`zdan yosh oqizuvchi gaz qo`llash orqali barham berishga muvaffaq bo`lgan. Bundan bir necha futbolchi va muxlislar jabrlangan.
Match 1:0 hisobida “Atletiko Goyyaniense” foydasiga hal bo`lgan.






