AsosiyDunyo

Qo`shiqchi rekord uchun 106 soat tinmay kuyladi

'Qo`shiqchi rekord uchun 106 soat tinmay kuyladi 'ning rasmi

Qo`shiqchi rekord uchun 106 soat tinmay kuyladi, deya ma`lum qilmoqda Univision axborot portali.

Dominikanlik qo`shiqchi jahon rekordi uchun 106 soat tinmay qo`shiq aytdi, lekin Ginnes rekordlar kitobi vakillari uning urinishini muvaffaqiyatsiz deb topdi.

Karlos Silver (Carlos Silver) 29 mart kuni kuylashni boshlab, 3 aprelda kuylashdan to`xtagan. Bu vaqt ichida u besh mingdan ortiq qo`shiq kuylagan.

Karlos hirgoyisini to`xtashi bilanoq, uni tez tibbiy yordam mashinasi olib ketgan. Kasalxonada Karlosda gallyusinasiyalar boshlangan.

Karlos jahon rekordini o`rnatgan hindistonlik qo`shiqchi Sunilu Vagmaredan bir soat ko`proq kuylagan. Biroq kuzatuvchilar u qo`shiqlar orasida ko`p tanaffus qilganini aytishdi. Qoidaga ko`ra, qo`shiqlar orasida 30 soniya to`xtash mumkin. Silver esa qariyb ikki daqiqacha dam olgan.

Ammo dominikanlik qo`shiqchi yana bir bor rekord o`rnatishga urinib ko`rmoqchi.

    Boshqa yangiliklar